Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bemor telefonni ikkinchi odamga berganda, virus ham o‘tishi mumkin - Almatov
Telefonlar eng ko‘p ishlatiladigan anjomlardan biri. U o‘zida turli viruslar, shu jumladan, koronavirusni ham saqlashi mumkin
Foto: EPA-EFE/ALEX PLAVEVSKI
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov bilan brifing o‘tkazilmoqda. Unda koronavirusga qarshi kurash masalasi to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori koronavirus kasalligi qaysi bemorlarda qayd etilganini ma'lum qildi.
«Bugun koronavirus kasalligi qayd etilgan bemorlar shu paytga qadar karantinda saqlanayotgan fuqarolar», - dedi Bahrom Almatov.
Uning aytishicha, bemor bir odam telefonni ikkinchi odamga berganda, virus ham o‘tishi mumkin.
«Bugungi kunda telefonlar eng ko‘p ishlatiladigan anjomlardan biri. U o‘zida turli viruslar, shu jumladan, koronavirusni ham saqlashi mumkin. Bemor bir odam telefonni ikkinchi odamga berganda, virus ham o‘tishi mumkin. Koronavirus to‘lqinlar orqali yuqmaydi. Buni to‘g‘ri tushunish kerak», — dedi Bahrom Almatov.
Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 37 nafarga yetgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021