Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijtimoiy aksiya: amaldorlar savollariga javob berib, sovrin egasi bo‘ling
Karantin davrida aholini birdamlikka chaqirish, ularning vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida amaldorlar tomonidan ijtimoiy aksiya o‘tkazilmoqda.
Aksiyaga ko‘ra, O‘zbekiston siyosatchilari ishtirokida intellektual viktorina tashkil etiladi.
Viktorinaning har bir sonida muayyan bir mansabdor − u vazir, hokim, senator, deputat, davlat va jamoat tashkiloti rahbarlari, elchi bo‘lishi mumkin – tomonidan intellektual savollar taqdim etiladi.
Savollarga to‘g‘ri javob berganlarga savol egasining esdalik sovg‘asi topshiriladi.
Ijtimoiy aksiyaning ilk sonida savollar muallifi − Madaniyat vaziri, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov.
#Biz_koronavirusni_yengamiz, #Biz_barcha_tavsiyalarga_amal_qilamiz shiorlari ostida o‘tkazilayotgan aksiyaning birinchi soni bugun, 23 mart kuni, soat 19.30da @covid19niyengamiz telegram manzilida bo‘lib o‘tadi.
Ijtimoiy aksiyada savolga to‘g‘ri javob yo‘llash orqali vaqtingizni samarali o‘tkazishingiz, siyosatchilardan esdalik sovg‘alarni qabul qilishingiz va bilimingizni sinovdan o‘tkazishingiz mumkin.
Mavzuga oid
13:39 / 28.04.2025
Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlari aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ldi
11:58 / 11.03.2025
Tesla aksiyalari qiymati bir kunda 15 foizga tushib ketdi
10:29 / 06.02.2025
Adliya vazirligi “Ziyo ulash” kitob ulashish aksiyasini kengaytirmoqda
13:35 / 21.01.2025