O‘zbekiston | 21:27 / 23.03.2020
44437
1 daqiqa o‘qiladi

Internet va telefon aloqasi uchun to‘lovlar kechiksa uzib qo‘yilmaydi

O‘zbekistonda 24 martdan boshlab fuqarolar tomonidan Internet va telefon aloqasi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun 2 oy davomida o‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan.

O‘zbekiston hududida 2020 yil 24 mart soat 00:01dan boshlab koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etiladi.

Unga ko‘ra, davlat idoralari va tashkilotlarida fuqarolar va tadbirkorlik sub'yektlari vakillarini qabul qilish hamda ularga davlat va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish imkon qadar «onlayn» rejimiga o‘tkaziladi.

Fuqarolar tomonidan Internet jahon axborot tarmog‘i va telefon aloqasi uchun to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli ikki oy davomida o‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qarorda idoraviy bo‘ysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar barcha tashkilotlarning asosiy ish faoliyatiga ta'sir etmagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarni mehnat ta'tiliga chiqarish, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (“onlayn” rejimda yoki masofaviy tarzda) tashkil etish choralari ko‘rilishi ham belgilangan.

Mavzuga oid