Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ishlatilgan niqoblarni qirqib tashlash kerak» - Nurmat Otabekov
Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov navbatdagi brifing chog‘ida chiqindixonalardan ishlatilgan niqoblar terib olib ketilayotgani to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
«Bu lavhani men ham ko‘rdim. Ishlatilgan niqoblarni yo‘q qilishning eng samarali usuli yoqib yuborishdir. Agar yoqib yuborishning iloji bo‘lmasa, qirqib tashlash kerak, toki uni qayta ishlatishning iloji bo‘lmasin», deydi u.
AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda o‘tkazilgan brifing chog‘ida Nurmat Otabekov nega viloyatlarda ham karantin tashkil qilinayotgani to‘g‘risidagi savolga ham javob qaytargan.
«Biz sinov davrida yashayapmiz. Viloyatlarda ham karantin hududlari tashkil etilganiga kelsak, bu Toshkentda joy qolmaganini bildirmaydi. Toshkentda joy bo‘lishi mumkin, lekin hududlarda ham xuddi shu karantin qoidalari amal qiladi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
17:46 / 27.02.2025
SSV: Mavsumiy respirator kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqaror
17:37 / 31.01.2025
“Bu ma’lumotni berib borishimiz kerak” – Nurmat Otabekov havo ifloslanishidan erta ogohlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish haqida
18:52 / 19.09.2024
Koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda aniqlanmadi - SSV
16:06 / 07.06.2024