Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 49 nafarga yetdi
Ushbu infeksiya Rossiyada bo‘lib qaytgan ikki fuqaro va yana biri esa Turkiyada bo‘lib qaytgan bemorning turmush o‘rtog‘ida aniqlangan
Ayni paytgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 49 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ushbu infeksiya Rossiyada bo‘lib qaytgan ikki fuqaro va yana biri esa Turkiyada bo‘lib qaytgan bemorning turmush o‘rtog‘ida aniqlangan.
O‘zbekistonda virusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni qayd etilgan, 11 mart tongida Parijdan uchib kelgan ayolga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgandi.
Keyinroq London, Istanbul va Dubaydan kelgan aviareyslar yo‘lovchilarida hamda ular bilan aloqada bo‘lganlarda virus aniqlandi. 22 martda ular qatoriga Shveytsariyada bo‘lib qaytgan bemor ham qo‘shildi, endi Rossiyadan qaytgan ikki fuqaroda ham aniqlandi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021