Senat yalpi majlisida 5ta qonun ko‘rib chiqilmoqda
24 mart kuni Oliy Majlis Senatining uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib va 24 martdan Toshkent shahriga kirib chiqish to‘xtatilgani munosabati bilan yalpi majlis videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilmoqda.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, majlis kun tartibidan 5ta qonun o‘rin olgan:
- «Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»,
- «Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklarini muhofaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»,
- «O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida»,
- «III va IV darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordenini ta'sis etish to‘g‘risida»,
- «Sog‘lom avlod uchun» medalini ta'sis etish to‘g‘risida».

Yalpi majlis kun tartibilan Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal'a tumanini tashkil etish hamda Hazorasp tumani chegarasini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ham ko‘rib chiqish ham o‘rin olgan.

Mavzuga oid

12:44 / 08.05.2025
Misrda o‘zbek tili grammatikasini o‘rganish bo‘yicha darslik yaratildi

15:21 / 02.05.2025
Xorazmda 10 mlrd dollarlik gaz-kimyo majmuasi qurilishi boshlanadi

16:22 / 01.05.2025
Yerosti suvlaridan hisoblagichsiz foydalanganda soliq to‘lovi besh barobar oshiriladi

16:21 / 30.04.2025