Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatning uchinchi yalpi majlisi videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladi
Uchinchi yalpi majlis 24 mart kuni soat 15:00da o‘z ishini boshlaydi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi 2020 yil 24 mart kuni soat 15:00da Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining majlislar zalida o‘z ishini boshlaydi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, yalpi majlis videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladi.
Bu aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlash va koronavirus kasalligi tarqalishining oldini olish maqsadida, shuningdek Toshkent shahriga kirish va chiqish 2020 yilning 24 mart kunidan boshlab to‘xtatilganligi munosabati bilan amalga oshiriladi.
Avvalroq, Toshkent shahrini viloyatlar bilan bog‘lovchi barcha postlar yopilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
12:23 / 28.05.2025
Hayvonlarni identifikatsiya qilish jarayonlari tartibga solinadi
16:22 / 01.05.2025
Yerosti suvlaridan hisoblagichsiz foydalanganda soliq to‘lovi besh barobar oshiriladi
16:21 / 30.04.2025
Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi
13:00 / 30.04.2025