Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yer yuzi aholisining 20 foizi koronavirus sababli karantinda - The Guardian
The Guardian hozirgacha dunyo bo‘yicha ushbu kasallikka chalinish bilan bog‘liq 378 ming 679 ta holat qayd etilganini bildirgan.
Foto: REUTERS/Susana Vera
Yer yuzi aholisining taxminan 20 foizi yoki 1,7 mlrd kishi koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida ijtimoiy izolyatsiya choralari ostida qoldi, deb yozmoqda The Guardian nashri.
Gazetaning qayd etishicha, turli mamlakatlar hukumatlari o‘ta muhim paytda karantin choralarini ko‘rishiga to‘g‘ri kelmoqda: Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma'lumotiga ko‘ra, koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 100 mingta holat 67 kunda qayd etilgan bo‘lsa, keyingi 100 ming holat (300 ming bemor) qayd etilishi uchun to‘rt kun kifoya qilgan.
The Guardian hozirgacha dunyo bo‘yicha ushbu kasallikka chalinish bilan bog‘liq 378 ming 679 ta holat qayd etilganini bildirgan.
Gazetaning yozishicha, Britaniyada jiddiy cheklovlar kiritilayotgan bir vaqtda epidemiya boshlangan Xitoyning Xubey provinsiyasida cheklovlar olib tashlanmoqda.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021