Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Inqirozga qarshi jamg‘arma asosan tashqi qarzlar hisobiga shakllantirilmoqda
O‘zbekistonda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasini shakllantirishda asosan tashqi manbalarga urg‘u berilmoqda.
Bu haqda Markaziy bankning ichki valuta bozoriga oid axborotida aytilgan.
Jamg‘armaga 10 trillion so‘m yo‘naltirilishi e'lon qilingan bo‘lib, bu – joriy rasmiy kursda 1 milliard dollardan biroz ko‘proqni tashkil etadi.
Prezident farmoniga asosan, aynan 1 mlrd dollargacha tashqi qarz mablag‘larini jalb qilish rejalashtirilgan.
Avvalroq Moliya vaziri Timur Ishmetov xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘larini olishda «hech qanday muammo bo‘lmasligi»ni aytgan edi. U bu boradagi muzokaralar boshlanganini ma'lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, jamg‘arma mablag‘laridan koronavirus pandemiyasi va global inqirozli hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatishda foydalaniladi. 10 trillion so‘m quyidagi yo‘nalishlarga taqsimlanishi ko‘zda tutilmoqda:
- 1 trln – koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish;
- 5 trln – tadbirkorlikni, aholi bandligini qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, infratuzilmaviy loyihalar va investitsiya dasturlarini amalga oshirish;
- 0,7 trln – aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish;
- 2,7 trln – iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror ishlashini ta'minlash.
Mavzuga oid
15:02 / 27.05.2025
2025 yilning I choragida O‘zbekistonning davlat qarzi 2,2 mlrd dollarga ko‘paydi
22:41 / 24.05.2025
O‘zbekistonning likvid zaxiralari joriy yilda eng yuqori cho‘qqisiga chiqib, keyin kamayib boradi - S&P
17:27 / 16.05.2025
O‘zbekistonliklar go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini ko‘proq sezishyapti
10:11 / 04.05.2025