Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yana 5 kishida koronavirus aniqlandi
O‘zbekistonda yana 5 kishiga koronavirus tashxisi qo‘yildi.
«Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni yana beshtaga oshib, 65 nafarni tashkil etmoqda.
Ushbu infeksiya Saudiya Arabistonida Umra safarida bo‘lib qaytgan farg‘onalik bemorning turmush o‘rtog‘i, ikki nafar farzandi va kelinida aniqlangan. Ular ayni vaqtda Farg‘onadagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Yana bir bemor Toshkent viloyatidan bo‘lib, ayni paytda u Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanmoqda», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.
25 mart kuni Namangan viloyatida ham bir kishida virus aniqlangandi, bu bemor Turkiyaning Istanbul shahridan kelgan. Ayni vaqtda Namangan shahri kirish va chiqish uchun yopib qo‘yilgan.
Bundan avvalroq Farg‘ona viloyatida koronavirus bemorlari soni 2 nafar ekani aytilgandi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021