Light | 22:25 / 30.03.2020
12112
2 daqiqa o‘qiladi

Dog‘istonlik tish shifokori juma kuni bemorlarni bepul davolamoqda

Dog‘istonlik tish shifokori Zaynudin juma kunlari faqat puldan qiynalgan bemorlarni qabul qiladi va ularni bepul davolaydi.

Zaynudin Osmanov Dog‘istondagi xususiy klinikada tish shifokori bo‘lib ishlaydi. U oddiy doktor emas, deya hikoya qiladi Youtube tarmog‘ida 726 ming o‘quvchiga ega «Alif TV» kanali.

Dog‘istonlik tish shifokori Zaynudin juma kunlari faqat puldan qiynalgan bemorlarni qabul qiladi va ularni bepul davolaydi.

Bunday bemorlar ko‘payganda ularga boshqa kunlar ham tekinga xizmat ko‘rsatadi. Shifokor yigitning qabuliga juma kuni 4-5 nafargacha bemorlar kelishadi.

Zaynudin uning oldiga nochorlar va nogironlarni Yaratganning o‘zi yuborishiga ishonadi.

«Bu ishni boshlaganda «Umid fondi» vakillari bilan gaplashdim. Ular menga puldan qiynalgan bemorlar topib bera boshlashdi. Shu bilan boshlanib ketdi», deydi Zaynudin.

Bemorlardan birining aytishicha, Zaynudinga instagramdan yozgan va shifokor uni chaqirishiga unchalik ishonmagan: «Instagramda bu yigit tekinga davolayotgani haqida o‘qidim va unga xabar yozdim. To‘g‘risi, boshida javob berishiga ishonmadim. Bir kuni u qo‘ng‘iroq qildi va meni juma kungi qabulga yozganini aytdi. Mana, davolanyapman. Undan Xudo rozi bo‘lsin», deydi Zaynuddin bepul davolayotgan Sekina Pulatova.

Yigitning qilgan ishlari «Rossiya faxri» loyihasi mualliflari e'tiborini tortdi. Endilikda Zaynudin Osmanov «Rossiya faxri» mukofotini olgan 1 700 dan ortiq qahramonlar safiga qo‘shildi.

Shifokor yigitning qilgan ishlari odamlar orasida tezda mashhur bo‘lib, Dog‘istonda yana bir necha doktor bemorlarni tekinga davolash uchun o‘z xizmatlarini taklif qila boshladi.

Mavzuga oid