Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yana 4 kishida koronavirus aniqlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 4taga oshgani va jami holatlar soni 149taga yetgani to‘g‘risida ma'lumot berdi.
«Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 4 taga oshib, 149 nafarni tashkil etmoqda.
Ushbu infeksiya 2 nafar andijonlik (ayollar), 1 nafar farg‘onalik (erkak) va 1 nafar toshkentlik (erkak) fuqarolarda aniqlandi», deyiladi vazirlik xabarida.
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni tasdiqlangandi. So‘nggi kunlarda virus bemorlari nisbatan tez ko‘paya boshladi, 28 mart kuni 16 bemor qayd etildi, 29 mart kuni bemorlar soni 40 nafarga ko‘paydi. Hozirgacha virus yuqtirganlarning 7 nafari sog‘ayib ketgan, 2 kishi vafot etgan. 30 mart kuni esa hozircha yana beshta holat tasdiqlangan.
- Ayni vaqtda O‘zbekistonda Toshkent shahridan tashqari Toshkent, Farg‘ona, Namangan, Andijon, Buxoro, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida koronavirus qayd etilgan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021