Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda koronavirusga chalinganlar bezgakka qarshi dori vositalari bilan davolanadi
AQShning oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar sifatini sanitar nazorat qilish boshqarmasi koronavirusga chalinganlarni bezgakka qarshi vositalar “Gidroksixloroxin” va “Xloroxin” bilan davolashga ruxsat berdi.
“Bu dorilar shifokorlar ularni klinik tashxis o‘tkazish mumkin bo‘lmagan holatlarda vaziyatdan kelib chiqib o‘smirlar va katta yoshli bemorlarga tayinlay olishi uchun milliy strategik zaxiradan shtatlarga taqsimlanadi”, deyilgan boshqarma xabarida.
AQShning sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vazirligi bemorlarni davolash uchun “Gidroksixloroxin sulfat”dan 30 mln doza va “Xloroxinfosfat”dan bir million doza olganini ma'lum qilgan.
“Ayni vaqtda koronavirusni davolashning tasdiqlangan usullari bo‘lmasa-da, bu ikkala vosita koronaviruslarni, jumladan COVID-19’ni davolashda samarali ekanini ko‘rsatgan”, deyilgan vazirlikda.
Ayni vaqtda AQSh koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinda turibdi: mamlakatda undan kasallanganlar soni 164 mingdan ko‘proqni, vafot etganlar soni 3167 nafarni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025