Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Biolog: «Koronavirus salqin havo va namlikni yoqtiradi»
Biolog Ancha Baranova yozda gripp tarqalishi to‘xtagani kabi fasl ham virusga qarshi kurashishda yordam berishini aytdi.
Yuqori harorat virus tarqalishini to‘xtatadi, chunki issiqda tomchilar qurib, parchalanib ketadi
Bu haqda biologiya fanlari doktori, GMU (AQSh) tizimli biologiya maktabi professori Ancha Baranova ma'lum qildi.
«Hozirgi ob-havoda virus yuzalarda uch kun «o‘tirsa», jaziramada uch soat «o‘tirishi» mumkin. Uch soat ichida juda kam odam bu yuzaga qo‘lini tekkizishi mumkin. Shuning hisobiga kasallik yuqishi kamayadi», - dedi Baranova.
U bu narsa yopiq binolarga tegishli emasligini aytdi.
«Konditsioner ishlab turgan joyda virus yashashda davom etadi. Men faqat ochiq havo haqida gapiryapman», - dedi biolog.
Biolog yozda gripp tarqalishi to‘xtagani kabi fasl ham virusga qarshi kurashishda yordam berishini aytdi.
«Kunduzgi harorat 21 darajadan yuqori bo‘lsa yordam beradi. Bu o‘rtacha harorat, bizda bundan ham yuqori harorat kuzatilishi mumkin. Yozda qahvaxonada ertalab o‘tirish mumkin, ammo soat uchlarda uning ichida qovurilib qolasiz. Agar harorat kun bo‘yi hech bo‘lmasa 22-23 daraja bo‘lsa, virus faolligi pasayishi uchun yetarli bo‘ladi», - dedi biolog.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021