Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karantinda o‘qishni ko‘chirish masalalari qanday hal etiladi?
Chet elda o‘qiyotgan O‘zbekiston fuqarolarining o‘qishini ko‘chirish tartibida o‘zgarish kutilmayapti.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov o‘qishni ko‘chirish borasidagi masalalarga oydinlik kiritdi.
«Xorijiy davlatlarda o‘qiyotgan respublikamiz fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi OTMlariga o‘qishni ko‘chirish imkoniyatiga ega. Bu – Vazirlar Mahkamasining 293-sonli qarorida aniq ko‘rsatilgan.
O‘quv yili tugaganidan keyin iyul oyining 15-sanasidan hujjatlarni qabul qilish boshlanadi. Arizaga muvofiq, O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan talabalar ariza topshirishlari mumkin», – dedi Abduvali Xoliqov 31 mart kungi brifingda.
U masofaviy ta'limda tahsil oladigan talabalarning o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ham ma'lumot berdi.
«O‘qishini O‘zbekistondagi ta'lim muassasiga ko‘chirmoqchi bo‘lgan fuqarolar belgilangan tartibda 15 iyuldan 5 avgustiga qadar Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tashkil etiladigan ishchi guruhlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishlari mumkin», – dedi vazirlik rasmiysi.
Abduvali Xoliqov koronavirus tufayli oliy ta'limda yozgi ta'til bo‘lmasa yoki navbatdan tashqari ta'til davom etsa, o‘qishni ko‘chirish masalasi qanday bo‘lishiga oydinlik kiritdi.
«Bugungi kunda karantin davom etish vaqtiga qarab ayrim jarayonlarning amalga oshish davri o‘zgarishi mumkin. Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi karantin davri tugashi bilan tegishli jarayonlarni amalga oshirish choralalarini ko‘rmoqda», – deya Abduvali Xoliqovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
14:25 / 31.03.2025
“Qat’iy nazoratga olamiz” – vazirlik grantlarni qayta taqsimlash jarayoni adolatli o‘tishini bildirdi
13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi
18:02 / 17.04.2024
Xususiy oliy ta’lim: tijoriy manfaat va sifatli ta’lim muvozanati qanday topiladi?
18:41 / 09.08.2023