Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nurmat Otabekov koronavirusning bolalarga yuqishi masalasida ma'lumot berdi
Koronavirus bolalarga yuqishi mumkin, ammo ularda xastalik ko‘pincha yengilroq kechadi. Bu haqda O‘zbekistonning bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Foto: Kun.uz
«Bu kasallik bolalarda ham uchraydi. Faqat ularda kattalarga nisbatan birmuncha yengilroq o‘tishi mumkinligiga ko‘plab misollar bor. Agar bolaga virulentligi, patogenligi yuqori bo‘lgan virus shtammi yuqqan bo‘lsa va uning ustiga bemor tez-tez kasallanib yurgan bo‘lsa, jiddiy asoratlarga ham olib kelishi mumkin.
Adabiyotlarda ko‘rsatilishicha, 6 foizgacha bo‘lgan holatlarda kasallik bolalarda og‘ir kechishi ehtimoli mavjud.
Boshqa hollarda yengil nafas yetishmovchiligi, yo‘tal, tana haroratining ko‘tarilishi kabi klinik belgilar jiddiy asoratlarga olib kelmaydi», – dedi Otabekov 31 mart kungi brifingda.
Bosh sanitariya inspektori koronavirusning bolalar orasida tarqalish ko‘rsatkichi nega pastligini ham izohladi.
«Yevropaning ko‘pgina davlatlarida kasallik asosan yoshi kattalar orasida tarqalyapti. Og‘ir asoratlar va o‘lim kuzatilayotganlar ham yoshi kattalar. Bunga sabab – ularda bolalar soni umumiy aholi soniga nisbatan olganda ham kam. Aholining aksariyatini yoshi kattalar tashkil etadi», dedi u.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olgan 158 nafar bemorning 5 nafari voyaga yetmagan bolalar.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
17:46 / 27.02.2025
SSV: Mavsumiy respirator kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqaror
17:37 / 31.01.2025