Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda koronavirusdan o‘lganlar maxsus poligonda dafn qilinadi
Qozog‘istonning Almati shahri ma'muriyati bayonotiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasidan o‘lganlar shahar hududidan tashqarida, maxsus poligonda dafn qilinadi. Bu haqda tovar va xizmatlarning sifati va xavfsizligini nazorat qilish departamenti rahbari Ayzat Moldagasimova xabar berdi.
Ma'muriyat tomonidan tasdiqlangan tartibga ko‘ra, o‘lganlarning jasadi yorib ko‘rilmaydi, ammo «maxsus vositalar» bilan dezinfeksiya va izolyatsiya qilinadi.
«Almatida koronavirusdan o‘lganlar yo‘q, ammo zarur chora-tadbirlarni belgilab olganmiz. Shahar hududidan tashqarida, aholi yashaydigan joylardan uzoqda bo‘lgan poligon belgilab qo‘yildi. U barcha xavfsizlik choralariga ko‘ra shahardan uzoqda bo‘ladi», – dedi Moldagasimova.
Qozog‘istonda 30 mart holatiga koronavirus bilan xastalangan 302 bemor aniqlangan. Ulardan biri vafot etgan, 21 nafari sog‘aygan. Infeksiyaning asosiy o‘choqlari – Nur-Sulton (168) va Almati (73) hisoblanadi. Har ikkala shaharda karantin e'lon qilinib, kirish va chiqish cheklangan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025