Jamiyat | 00:23 / 31.03.2020
155462
1 daqiqa o‘qiladi

Tarona records ta'sischisi Ravshan Yo‘ldoshev vafot etdi

Shou-biznes olamida yaxshi tanilgan tadbirkor Ravshan Yo‘ldoshev 30 mart kuni vafot etdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Foto : Ijtimoiy tarmoqlar

Tarona records kompaniyasi ta'sischisi, shou-biznesda taniqli bo‘lgan tadbirkor Ravshan Yo‘ldoshev 30 mart kuni kechqurun Toshkentda vafot etdi. Uning yurak xurujidan olamdan o‘tgani qayd etilgan.

Ravshan Yo‘ldoshev 1961 yili 2 aprelda tug‘ilgan. Faoliyati davomida Tarona records leybelini tashkil etib, san'atkorlar orasida nom qozongandi. Shuningdek, u xonanda Lola Yo‘ldoshevaning otasi hamda xonanda Shaxzodaning  turmush o‘rtog‘i hisoblanadi.

Kun.uz tahririyati marhumning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.