Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMTning Jyenevadagi bo‘linmasi 9 xodimi koronavirusga chalindi
BMTning Jyenevadagi tuzilmalarining 9 xodimida koronavirus aniqlandi.
Bu haqda BMTning Jyenevadagi bosh qarorgohi vakili Alessandra Velluchchi ma'lum qildi.
Gap BMTning Savdo va taraqqiyot anjumani, inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi hamda Millatlar saroyida joylashgan qarorgohi xodimlari haqida bormoqda. Ularning ismlari ma'lum qilinmagan.
Velluchchining ta'kidlashicha, BMT Shveytsariya hukumati va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan qoronavirus tarqalishi oldini olish va tayyorgarlik choralari bo‘yicha yaqindan ishlamoqda.
Avvalroq BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik xalqaro tashkilotning butun dunyo bo‘ylab 78 xodimida koronavirus aniqlanganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
23:21 / 15.05.2025