Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yuk mashinalarini Gruziya-Turkiya chegarasi orqali o‘tkazish tiklandi
Koronavirus tarqalishini kamaytirish borasida ko‘rilayotgan shoshilinch choralar sababli Turkiya hududiga xorijiy yuk tashuvchilarning kirishi cheklangan edi.
Foto: Flickr
Tashqi ishlar vazirligi holat bo‘yicha ma'lumot berdi.
Vazirlik axborot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, Turkiya va Gruziyaning mas'ul vazirlik va idoralari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida, mazkur masala ijobiy hal qilindi. Turkiya tomonidan olingan ma'lumotga ko‘ra, o‘zbekistonlik avtotashuvchilar Turkiya hududiga O‘zbekistondan chiqqan kunlaridan boshlab 14 kunlik muddat tugaganidan keyin kiritiladi.
Ta'kidlanishicha, Turkiya Bojxona idorasi va Savdo vazirligi 2020 yil 30 mart kechasidan boshlab O‘zbekiston yuk tashuvchi transport vositalarini kiritish tiklanganligini tasdiqladi. Bugunga qadar Gruziya-Turkiya chegarasini 50 dan ortiq yuk transportlari kesib o‘tdi.
«O‘zbekistonning Anqara va Boku shaharlaridagi elchixonalari vaziyatni nazoratga olgan, davlatlararo chegarada 14 kunlik muddat tugashini kutayotgan o‘zbekistonlik haydovchilar bilan aloqada bo‘lib turibdi», - deyiladi vazirlik xabarida.
Xorijiy davlatlar hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda mamlakatimizning chet eldagi elchixonalari va konsullik muassasalari huzurida tashkil etilgan operativ shtablarga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
12:09 / 08.03.2025
Zominda yuk mashinasi yonib ketdi
11:42 / 21.02.2025