Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda aholini yoppasiga test qilish rejalashtirilmagan
O‘zbekistonda koronavirus uchun ommaviy test qilish tadbirlari o‘tkazilmaydi. Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov O‘zbekistonda epidemik noxush hududlardan kelgan va virus yuqtirgan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslardan laborator tahlillar olinayotganini ma'lum qildi.
«Koronavirus uchun ommaviy test olish tadbirlari o‘tkazilmaydi. Bu imkonsiz va maqsadga muvofiq ham emas. Har bir test tizimi o‘tkazilgandan so‘ng o‘zini oqlashi va u iqtisodiy jihatdan ham befoyda bo‘lishi kerak emas.
Shuning uchun hozir O‘zbekistonda epidemik noxush hududlardan kelgan va virus yuqtirgan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslardan laborator tahlillar olinmoqda», dedi Nurmat Otabekov AOKAda o‘tkazilgan brifing chog‘ida.
Bundan tashqari, Nurmat Otabekov koronavirus yuqtirgan bemorlar tuzalib chiqqandan so‘ng nimalarga e'tibor berishi lozimligi to‘g‘risida ham ma'lumot berdi.
«Hozircha 8 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, ular kasallikdan xalos bo‘lgandan so‘ng reabilitatsiya markazlariga o‘tkazildi. Ma'lum muddat reabilitatsiya markazlarida saqlangandan so‘ng uylariga javob berildi.
Kasallikdan tuzalgan shaxslar ham uyda gigiyena qoidalariga rioya qilishi va uylarida ortiqcha odamlar yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymasliklari, tibbiy xodimlar kuzatuvida bo‘lishlari shart», deydi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, kasallikdan tuzalganlarda aksar holatlarda o‘pka yallig‘lanishi kuzatilishi tufayli ularga o‘pka faoliyatini tiklash uchun qo‘shimcha tavsiyalar ham beriladi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
17:46 / 27.02.2025
SSV: Mavsumiy respirator kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqaror
17:37 / 31.01.2025