Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda «o‘zini yakkalash» hayot tarzi joriy etiladi
O‘zbekistonda 1 apreldan yangi karantin choralari joriy etildi.
1 apreldan boshlab Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida «o‘zini yakkalash» hayot tarzi joriy etiladi.
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, 65 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolarga uyidan tashqariga chiqish qat'iyan man etiladi. Zarurat bo‘lgan taqdirdagina yaqin atrofdagi dorixona, oziq-ovqat va birinchi galdagi tovarlar do‘koniga chiqishga ruxsat etiladi.
«O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi tomonidan aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlash hamda virusni yuqtirib olgan bemorlar salomatligini tiklash yuzasidan zarur vazifalar amalga oshirilmoqda.
Bunda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va koronavirusga qarshi kurashishda tajribaga ega mamlakatlar (Xitoy, Janubiy Koreya) mutaxassislarining tavsiya va maslahatlariga qat'iy amal qilinmoqda. Aholi, ayniqsa yoshi ulug‘ insonlarni ushbu epidemiyadan ishonchli himoya qilish maqsadida Respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilinib, muayyan tartiblar o‘rnatilmoqda», deyiladi komissiya axborotida.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi
21:59 / 27.11.2022