Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolgariyada 20 ta yuk mashinasi to‘qnashib ketdi
Bolgariyaning Xarmanli shahri yaqinida 20 ta katta tonnalik yuk mashinasi, bitta mikroavtobus va 2 ta yengil mashina ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Bu haqda “Stariyat most” nashri xabar berdi.
Yo‘l-transport hodisasi 2 kishining o‘limiga, 6 kishining jabrlanishiga olib kelgan.
Ta'kidlanishicha, 50 ga yaqin yuk mashinasi Turkiya chegarasidagi Kapitan-Andreyevo nazorat-o‘tkazish punktidan politsiya hamrohligida kolonna bo‘lib mamlakat g‘arbi tomon yo‘nalayotgan bo‘lgan. Taxminlardan biriga ko‘ra, avtohalokat quyuq tuman sababli yuz bergan. Biroq guvohlarning ta'kidlashicha, karvondagi haydovchilardan biri boshqa mashina bilan oraliq masofani ushlab turolmay, to‘satdan tormozni bosgan va yirik to‘qnashuvni keltirib chiqargan.
Voqea joyida politsiya va qutqaruvchilar ish olib borgan. Yo‘l-transport hodisasining aniq sababi o‘rnatilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, halok bo‘lganlardan biri Bolgariya, ikkinchisi Turkiya fuqarosi bo‘lgan.
Mavzuga oid
14:49 / 21.05.2025
O‘zbekiston delegatsiyasi Bolgariya prezidenti administratsiyasida uchrashuv o‘tkazdi
00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
18:24 / 12.02.2025
Ukraina Bolgariyadan ikkita yadroviy reaktor sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi
10:08 / 01.01.2025