Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makka va Madinada komendantlik soati joriy qilindi
Saudiya Arabistoni hukumati musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Makka va Madina shaharlarida komendantlik soatini joriy qildi. Bu haqda «Al-Arabiya» telekanali xabar berdi.
Endi har ikkala shahar aholisi faqat zarurat bo‘lgan holatlarda (oziq-ovqat sotib olish yoki tibbiy yordam olish uchun) soat 6:00 va 15:00 oralig‘ida uydan chiqishi mumkin. Fuqarolarga o‘z kvartallari doirasida harakatlanish tavsiya qilinadi.
Tadbirkorlikning har qanday turi to‘xtatiladi. Faqat dorixonalar va oziq-ovqat do‘konlarining ishlashiga ruxsat beriladi.
Saudiya Arabistoni qirolligi Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, bu cheklovlar harbiylarga, xavfsizlik xizmati xodimlariga, ommaviy axborot vositalariga, shuningdek, tibbiy muassasa xodimlariga taalluqli emas.
Telekanal bergan ma'lumotga ko‘ra, 3 aprel holatiga Saudiya Arabistonida koronavirus bilan xastalanganlar soni 1885ni tashkil qiladi. Ulardan 21 nafari vafot etgan, 328 nafari sog‘ayib ketgan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
08:30 / 10.02.2025
Madina – Namangan samolyoti Farg‘onadagi muqobil aerodromga yo‘l oldi
15:55 / 07.01.2025