Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 300dan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 12 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.
«Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 310 nafarni tashkil etmoqda. Oxirgi tasdiqlanganlarning barchasi statsionar sharoitida karantinga olingan fuqarolar orasidan aniqlangan. Ushbu kasallikdan butunlay sog‘ayganlar soni esa 30 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
O‘zbekistonda dastlabki bemor bundan 3 hafta oldin – 15 mart kuni aniqlangan edi. 4-5 aprel kunlari jami 83ta yangi holat qayd etildi.
Bugun, 5 aprel kuni yana besh kishi sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 30 kishiga yetdi. Bemorlarning ikki nafari vafot etgan.
Avvalroq 7 bemor og‘ir ahvolda ekani, ulardan biri o‘ta og‘ir ahvoldaligi ma'lum qilingan edi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021