Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniyada 15 apreldan bolalar bog‘chalari va maktablarni ochish rejalashtirilmoqda
Agarda yaqin kunlar davomida Daniyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha statistika barqarorligicha qolsa, bu muassasalar ish faoliyatini boshlashi mumkin.
Daniya bosh vaziri Mette Fredriksen mamlakatda bolalar bog‘chalari va maktablar 15 apreldan ochilishi mumkinligini e'lon qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agarda yaqin kunlar davomida Daniyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha statistika barqarorligicha qolsa, bu muassasalar ish faoliyatini boshlashi mumkin.
Ammo hukumat rahbari qolgan cheklov choralari 10 maygacha, ommaviy tadbirlar o‘tkazishga taqiq avgustgacha amal qilishini ta'kidlab o‘tdi.
Daniyada koronavirus sababli cheklov choralari joriy etilgan, maktab va bog‘chalar, tungi klublar, bar, restoran, teatr, cherkov, kutubxona, yirik savdo markazlari, sartaroshxona, massaj va tatu-salonlari yopib qo‘yilgan.
Shuningdek, koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida xorijliklar uchun chegaralar yopilgan.
Mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 4,6 mingta holat qayd etilgan, 200ga yaqin kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
23:20 / 22.05.2025
Daniyada pensiya yoshi oshiriladi
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
19:42 / 27.04.2025