Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada koronavirus yuqtirish holatlari kamaygani ma'lum qilindi
Italiyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni kamaymoqda, dedi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi oliy institutining yuqumli kasalliklar bo‘limi boshlig‘i Jovanni Retssa.
«Tekislik» bosqichidan so‘ng biz pasayishni boshladik. Ammo ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak, kelinglar, erta-indin kutaylik, ammo vaziyat o‘nglanayotganga o‘xshamoqda", - dedi u.
Shu bilan birga, Retssaning so‘zlariga ko‘ra, "yuqish holatlari kamaygani bilan, virus qolaveradi", shuning uchun karantin cheklovlari davom etishi zarur.
Avvalroq mamlakat fuqaro mudofaasi xizmati rahbari Anjyelo Borrelli Italiyada virus yuqtirganlar soni 135 mingdan oshganini, 24 mingdan ortiq bemor tuzalgani va 17127 kishi vafot etganini ma'lum qilgandi. Bir sutka davomida 880 kishi kasallik yuqtirgan bo‘lib, bu 10 martdan buyon eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘ldi.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
23:21 / 15.05.2025