Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiy shahrida karantin tadbirlari yanada kuchaytirildi
Endi nafaqat Navoiy shahri hududiga kirib keluvchi asosiy yo‘llarda, balki shahar ichida, markaziy ko‘cha va xiyobonlar oldida hamda aholi gavjum bo‘ladigan maskanlarda kichik nazorat postlari tashkil etildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati bunday choralar nima uchun qo‘llanilayotgani borasida viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Sh.Ibragimovning so‘zlarini keltirmoqda.
«Biz bu orqali fuqarolarimizni imkon qadar uylarida bo‘lishlarini ta'minlashni maqsad qilganmiz. Ming afsuski, olib borilayotgan targ‘ibotlarga qaramasdan, fuqarolarimizning shahar ko‘chalarida bemaqsad yurishlari kuzatilmoqda.

Mazkur tashkil etilgan kichik postlarda xizmat olib borayotgan xodimlar ana shunday fuqarolarga tegishli tushunchalar berib ularni imkon qadar uyda qolishga chaqirishmoqda hamda nazorat qilishmoqda.
Fuqarolarimizga yana bir bor murojaat qilib qolgan bo‘lardim: uyda qolib karantin qoidalariga amal qilish — kasallikka qarshi kurashishning eng samarali yo‘lidir.
Bu orqali nafaqat o‘zingiz va oilangiz, balki millionlab kishilarning ham hayotini saqlab qolishda hissa qo‘shgan bo‘lasiz».
Mavzuga oid
09:47 / 17.05.2025
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
11:43 / 13.05.2025
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi
11:11 / 06.05.2025
“Tezlik juda yuqori bo‘lgan” – Navoiydagi dahshatli YTHga izoh berildi
18:21 / 09.04.2025