Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stikerni qalbakilashtirganlik uchun qanday jazo bor?
30 martdan boshlab, avtomobil harakatiga cheklov o‘rnatildi. Endilikda maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lmay, avtotransportni boshqarish mumkin emas. Shu bilan birga, ayrim hollarda istisnolar mavjud.
Foto : KUN.UZ
Adliya vazirligining xabar berishicha, avtotransport vositalari uchun berilgan stikerlardan maqsadli foydalanishi ustidan o‘tkazilgan nazorat-reyd tadbirlari davomida avtotransportni qalbaki stikerdan foydalangan holda boshqarish holatlari aniqlanmoqda.
Andijonda soxta stiker bilan yurgan 21 yoshli haydovchiga jinoyat ishi ochildi
Davlat xizmatlar agentligi bir kecha davomida berilgan stikerdan maqsadsiz foydalangan 52 nafar haydovchi aniqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, cheklov o‘rnatilgan davrning ilk kunlaridayoq stikerni soxtalashtirishga uringan shaxslar paydo bo‘ldi. Ammo buning uchun qonunchilikda javobgarlik belgilangan.
Xususan, Jinoyat kodeksining 228-moddasiga ko‘ra, hujjatlarni qalbakilashtirish yoki sotish:
- 11 mln 150 ming so‘mdan 22 mln 300 ming so‘mgacha miqdorda jarima;
- 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
- 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Maxsus stikerlarni qalbakilashtirgan shaxslarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
O‘sha harakatlar:
takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa:
- 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
- 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
- 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Maqsadsiz foydalanilgan 52ta stiker bekor qilindi. Mashinalar jarima maydonchasiga qo‘yildi
Hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, undan foydalanish:
- 5 mln 575 ming so‘mdan 11 mln 150 ming so‘mgacha miqdorda jarima;
- 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
- 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
- 2 yilgacha ozodlikni cheklash;
- 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Mavzuga oid
13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi
21:59 / 27.11.2022
Xitoyda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda
00:22 / 26.11.2022
Pekinda koronavirus avj olgani tufayli yangi cheklovlar kiritilmoqda
22:24 / 07.11.2022