Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
107 yoshli ayol koronavirusdan davolangan eng keksa inson maqomini oldi
Niderlandiyalik 107 yoshli Korneliya Ras koronavirusga chalindi va muvaffaqiyatli davolandi.
Foto: Nieuw Rijsenburgh
17 martda Gure-Overflakke orolida yashovchi Korneliya Ras o‘zining 107-tug‘ilgan kunini nishonlagan. Ertasiga esa uning sog‘ligi yomonlashadi va tana harorati 38 darajaga ko‘tariladi. Tez orada u yashovchi qariyalar uyidagi boshqalarda ham tana harorati ko‘tarila boshlaydi. Tekshiruvlar natijasida kampirsho bilan bilan birga umumiy hisobda 40 kishida koronavirus aniqlanadi.
Korneliya Ras bu kasallikka chalinganini xotirjam qabul qiladi va 2 hafta davolanishdan so‘ng, 6 aprel kuni butunlay sog‘ayib ketadi. Boshqalarda esa kasallik ancha og‘ir o‘tadi va 12 kishi vafot etadi.
Endi Ras xonim JSST ma'lumotlariga ko‘ra koronavirusga chalinib omon qolganlar ichida eng keksa kishi bo‘lishi mumkin.
18 martda Eronning Semnon shahrida 103 yoshli ayol koronavirusga chalingani va bir hafta davolanishdan keyin tuzalib ketgani xabar qilingandi.
Statistik ma'lumotlarga ko‘ra 80 yoshdan oshib koronavirusga chalinganlar orasida o‘lim ko‘rsatkichi 21,9 foizni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021