Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi
Koronavirus yuqtirganlar soni bo‘yicha ham AQSh yetakchilik qilmoqda. Mamlakatda 514 mingdan ortiq kishida ushbu kasallik aniqlangan.
Foto: Reuters
AQSh koronavirus infeksiyasidan o‘limlar darajasi bo‘yicha Italiyani ortda qoldirdi va dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi. Bu haqda pandemiya to‘g‘risida real vaqt rejimida statistik ma'lumotlar beruvchi Jons Hopkins universiteti ma'lumotlari darak bermoqda.
11 aprel soat 23.30 holatiga ko‘ra, AQShda 19 882 kishi, Italiyada esa 19468 kishi vafot etgan.
Avvalroq AQShda pandemiya boshlanganidan buyon eng yuqori o‘lim darajasi qayd etilgandi - bir sutkada 2 mingdan ortiq kishi. Eng ko‘p o‘lim holatlari Nyu-York, Michigan, Illinoys va Nyu-Jyersi shtatlarida yuz bergan.
Koronavirus yuqtirganlar soni bo‘yicha ham AQSh yetakchilik qilmoqda. Mamlakatda 514 mingdan ortiq kishida ushbu kasallik aniqlangan. Ikkinchi o‘rinda Ispaniya (161 mingdan ortiq.), uchinchi o‘rinda esa Italiya (152 mingdan ortiq) turibdi.
Kecha birgina Nyu-York shtatidagi koronavirusga chalinganlar soni Ispaniyadagidan ham oshib ketgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi
21:38 / 27.05.2025