Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Belarusda koronavirusdan hech kim o‘lmaganini aytdi
Belarus prezidentining ta'kidlashicha, hech bir holatda o‘lim sababi koronavirus bo‘lmagan, hamma gap bemorlarda aniqlangan "surunkali kasalliklar guldastasida".
Foto: EPA / TASS
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda hech kim koronavirusdan o‘lmasligiga va'da berdi.
"Xavotir olishmasin. Mamlakatimizda hech kim koronavirusdan o‘lmaydi. Bu haqda omma oldida aytaman. Bunga qat'iy ishonaman", — dedi u.
Belarus prezidenti koronavirus hech bir holatda o‘lim sababi bo‘lmaganligini ta'kidladi.
“Odamlar qo‘rqyapti. Shuning uchun ularga aytmoqchiman: mamlakatimizda birorta ham inson koronavirusdan o‘lgani yo‘q. Birorta ham! Ular o‘zlarida aniqlangan "surunkali kasalliklar guldastasi"dan o‘ldi”, dedi u.
Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, odamlar yurak yetishmovchiligi, qandli diabet, o‘pka yetishmovchiligidan vafot etmoqda.
“Yana shunday tashxislar borki, hatto o‘qishga qiynalaman. Bunga koronavirus ham qo‘shilyapti», — dedi Belarus prezidenti.
U Minsk koronavirusga qarshi xalqaro tajribadan kelib chiqayotganligini aytdi. Lukashenkoning bildirishicha, belarus shifokorlarida koronavirusni davolash uchun dorilar jamlanmasi mavjud.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Belarusda COVID-19 koronavirusiga chalinganlar 2578 kishini tashkil etadi, 26 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021