Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda koronavirusning ikkinchi to‘lqini paydo bo‘lishi mumkinligi taxmin qilindi
Shanxaylik mutaxassis kasallikni to‘liq yengib bo‘lmasligini, sovuq tushishi bilan vaziyat yana yomonlashishi mumkinligini taxmin qildi.
Foto: Lintao Zhang / Getty Images
Koronavirus infeksiyasi tarqalishining ikkinchi to‘lqini noyabrda yuz beradi. Shanxaydagi zotiljamni davolash bo‘yicha ekspertlar guruhi rahbari Chjan Venxun ana shunday fikr bildirdi, deb xabar berdi Sina nashri.
Mutaxassis o‘z fikrini COVID-19 past haroratga moslashgani, shu bois qishda tezroq tarqalishi ehtimoli mavjudligi bilan izohladi.
Shu bilan birga, Chjan Venxun keyingi to‘lqin hozirgichalik bo‘lmasligiga ishonch bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy muammo Afrika va Janubiy Amerika sog‘liqni saqlash tizimida paydo bo‘lishi mumkin.
Mart oxirlarida u People’s Daily nashriga bergan intervyusida koronavirusning global miqyosda tarqalishi iyunga yaqin to‘xtashini taxmin qilgandi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025