Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada koronavirus bilan kasallangan 11 kishi vafot etdi
Moskvada koronavirus bilan kasallangan 11 kishi vafot etdi. Bu haqda 15 aprel kuni tezkor shtab o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.
Barcha bemorlarda zotiljam tasdiqlandi, shuningdek, ularning barchasida koronavirus uchun testlar ijobiy natija berdi.
Vafot etganlarning yoshi 48 dan 86 gacha. Marhumlarning barchasi qo‘shimcha kasalliklar, jumladan, gipertoniya, piyelonefrit, surunkali gepatit C va qandli diabetga chalinganlar. Ulardan uch nafarida surunkali bronxit kuzatilgan.
Shu tariqa, Rossiyada pandemiya boshlanganidan beri vafot etganlarning umumiy soni 181 kishiga yetdi.
Yangi koronavirusning tarqalishi munosabati bilan Moskva meri shaharda ruxsatnomalar rejimini joriy qildi. 15 aprel, chorshanba kunidan boshlab har qanday transport vositasi, shu jumladan taksilarda bilan yurish uchun ruxsatnoma talab qilinadi. Piyodalar uchun ruxsatnomalar rejimi hozircha amalda emas.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiyada 21 mingdan ortiq koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etilgan, ulardan 2,7 mingdan ortig‘i oxirgi bir sutka ichida. Hammasi bo‘lib 1 664 bemor sog‘aydi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025