Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlarga shaxsiy avtomashinalarini boshqarish uchun yengilliklar beriladi
O‘zbekistonda karantin davrida shaxsiy avtomobildan foydalanish tartibi yengillashtirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov 15 aprel kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lum qildi.
«Kechadan boshlab O‘zbekiston hududida yuk avtomobillariga bo‘lgan cheklovlar to‘liq olib tashlandi. Endi 1-2 kunda tadbirkorlarimiz ko‘plab murojaatlar bilan chiqishyaptiki, ularning mashinasi shaxsiy. Shaxsiy mashinalarga esa ruxsat yo‘q, faqat tashkilot avtomobillariga stiker berilmoqda.
Shu nuqtayi nazardan, hozir bu bo‘yicha ham 1-2 kun ichida Bosh vazirimiz rahbarliklaridagi komissiyaning qarori chiqadi, buni ham yengillashtiramiz», dedi Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov.
Bundan avvalroq prezident Ichki ishlar vazirligiga qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarish bilan bog‘liq avtotransport vositalarining erkin harakatlanishiga ruxsat berish borasida ham topshiriq bergani haqida xabar qilingandi.
Mavzuga oid
23:03 / 12.08.2020
15 avgustdan mashinada kun davomida harakatlanish mumkin bo‘ladi
16:42 / 03.08.2020
Eksportchilar uyushmasi raisining Kun.uz'da e'lon qilingan murojaatidan so‘ng, Farg‘onada tadbirkorlarning transportda harakatlanishiga qo‘yilgan cheklov olib tashlandi
11:58 / 17.07.2020
Dam olish kunlari avtotransportlar harakati cheklanadi. Kimlarga ruxsat bor?
12:58 / 09.07.2020