Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 128 nafarga yetdi
Xorazm viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan koronavirus bemori tuzaldi. U Rossiyadan 22 mart kuni qaytgan va karantinga olingan bo‘lgan. O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 128 kishiga yetdi.
Xorazm viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 16 aprel kuni bir nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Bemor viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas'ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Sog‘aygan 33 yoshli bemor joriy yil 22 mart kuni charter reys orqali Rossiyadan Xorazmga kelgan va karantinga olingan edi. Unda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Hozirga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar 128 nafarga yetdi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021