Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik olimlar koronavirusning ancha oldin paydo bo‘lganini ta'kidlashmoqda
Koronavirus Xitoyda 2019 yil sentabr oyida paydo bo‘ldi va Uhan shahrining bunga aloqasi yo‘q, deb hisoblamoqda Kembrij universiteti olimlari.

Foto: Shutterstock
17 aprel kuni South China Morning Post nashri Kembrij universiteti tadqiqotiga e'tibor qaratdi. Britaniyalik olimlar fikriga ko‘ra, koronavirus epidemiyasining xuruji dekabrdan ham avvalroq, sentabr oyida boshlangan. Virus 13 sentabr va 7 dekabr oralig‘ida paydo bo‘lgan. Avvalroq uning Uhan shahridagi dengiz mahsulotlari bozoridan tarqalgani aytilgan edi. Tadqiqotchilar esa uni Xitoyning janubida paydo bo‘lganini taxmin qilishmoqda.
Virus insoniyatga hujum qilib, epidemiya tusini olguncha ancha vaqt davomida payt poylagan. Kembrij universitetining irsiyatshunos olimi Piter Foster bu borada shunday dedi:
«Virus inson uchun qulay bo‘lgan shaklga kirish uchun bir necha oy davomida mutatsiyalashgan. Oldin ko‘rshapalak yoki boshqa hayvon yoki inson vujudida bir necha oylar davomida yashiringan, hech kimga yuqmagan».
Buni aniqlash uchun tadqiqotchilar guruhi virusning ko‘plab shtammlarini tahlil qilib, matematik algoritmdan foydalanishgan. U genlar mutatsiyasi davrida organizmlarning global harakati kartasini tuzish imkonini bergan.
Mavzuga oid

23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi

00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi

23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda

13:47 / 03.07.2021