Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda ko‘chada tupurganlar qamaladigan bo‘ldi
Hukumat falokat sharoitlarida harakatlanish to‘g‘risidagi qonunda ko‘zda tutilgan qoida buzilishlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritdi.
Hindistonda bundan buyon ko‘chada tupurganlik uchun keskin choralar – jarimadan tortib bir yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin, deb yozmoqda Times of India.
Hukumat falokat sharoitlarida harakatlanish to‘g‘risidagi qonunda ko‘zda tutilgan qoida buzilishlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritdi.
"Virus tomchi yo‘li orqali yuqadi, shuning uchun hozirgi vaziyatda ko‘chada tupurish xavfli, jiddiy choralar kuchga kirishi zarur", - deb izohladi mamlakat hukumati bu qarorni.
Shu bilan birga, OAV Hindistonda yaqinda koronavirusga chalinganlar sog‘liqni saqlash tizimi xodimlariga qasddan tupurganligi holatlari yuz berganini eslatib o‘tmoqda.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni 13,5 mingga yaqinlashgan, 450ga yaqin kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025