O‘zbekiston | 08:57 / 18.04.2020
5133
5 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda bo‘sh turgan davlat aktivlari investorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotiladi

Buxoro viloyatidagi bo‘sh turgan davlat aktivlariga investitsiyalarni jalb qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi

Vazirlar Mahkamasining “Buxoro viloyatidagi bo‘sh turgan davlat aktivlariga investitsiyalarni jalb qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Buxoro viloyati hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining davlat aktivlarini investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish sharti bilan investorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanadi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Buxoro viloyat hokimligi bilan birgalikda:

nazarda tutilgan shartlar asosida davlat aktivlarini belgilangan tartibda investorlarga sotish bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasi tuzilishini;

investorlar tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan monitoring olib borilishini ta'minlaydi.

Investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish sharti bilan investorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotiladigan davlat aktivlari ro‘yxati

Investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish sharti bilan investorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotiladigan davlat aktivlari ro‘yxati 

T/R

Davlat aktivining nomi

Manzili

Balans saqlovchi

Sotish shartlari

Investor

Investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar

Sotib olish to‘lovalari qiymati

Yo‘lga qo‘yiladigan faoliyat turi

1

“Buxoroparranda” AJning ustav kapitalidagi
36,2 foiz davlat aksiyalar paketi*

Kogon tumani, Sarayon MFY

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

3 yil mobaynida 5 mlrd. so‘m miqdorida investitsiya kiritish va 50 ta yangi ish o‘rinlari yaratish to‘lovlarini to‘lash.

1,66 mlrd. so‘m

Parrandachilik faoliyatini rivojlantirish

 

Fuqaro A.Davronov

2

“Ma'muriy” bino va inshootlari

Buxoro shahri, B.Naqshband ko‘chasi

Buxoro shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi

1,5 yil muddatda 2,0 mln. AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish va 30 ta yangi ish o‘rni yaratish

Belgilangan tartibda baholangan qiymatda

Mehmonxona faoliyatini tashkil etish

“Zargaron Lyuks” MChJ

3

Sobiq “Buxoro Kamaz avtomarkazi” bino va inshootlari

Buxoro shahri, Shayxul Olam ko‘chasi

Buxoro shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi

2 yil muddatda 1,8 mln. AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish va 30 ta yangi ish o‘rni yaratish

“nol” qiymatda

Sut mahsulotlarini ishlab chiqarish

“Bukhara agroklaster DZZ” MChJ

4

“1-Avtokorxona” DUKning “Operator va ustaxonalar” bino va inshootlari

Buxoro shahri,Oq Masjid ko‘chasi 2-uy

Buxoro shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi

2 yil muddatda 4,0 mln.AQSh dollari miqdorida  investitsiya kiritish va 350 ta yangi ish o‘rni yaratish

“nol” qiymatda

Yo‘lovchi tashish va tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish

“White House Bukhara” MChJ

5

11 va 12-harbiy qismning sobiq “Ombor va ayvon” bino va inshootlari

Buxoro shahri Q.Murtazoyev ko‘chasi

Buxoro shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi

1 yil muddatda 1,1 mln. AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish va 30 ta yangi ish o‘rni yaratish 

“nol” qiymatda

Shisha va mebelni qayta ishlash

“Sultan Techno Groups” MChJ

6

Bunyodkor bolalar oromgohi bino va inshootlari

Buxoro tumani, “Ko‘chko‘mar” MFY, “Safkarda” qishlog‘i

Buxoro tuman hokimligi

2 yil muddatda 1,05 mln. AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish va 50 ta yangi ish o‘rni yaratish.

“nol” qiymatda

Bolalar oromgohi, dam olish va mehmonxona xizmati kompleksini tashkil etish

"Emir Tour Complex” unitar korxonasi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 sentyabrdagi 794-sonli “2019-2023 yillarda Buxoro viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 5-ilovasining 5, 11, 14, 19, 21, 22, 23, 24-bandlari chiqarib tashlanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid