Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada yana 4 nafar bemor sog‘aydi
Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytga qadar 2 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 6 nafarga yetdi
Farg‘ona viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus infeksiyasiga chalingan 4 nafar bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas'ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, sog‘ayganlarning uch nafari (ikki nafari Toshkent shahridan, bir nafari esa Andijon viloyatidan) charter reys orqali Turkiyadan Farg‘onaga kelgan bo‘lib, Oltiariq faxriylar sanatoriysida karantinga olingan edi. Ularda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Bir nafar farg‘onalik bemor koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirgan.
Bemorlarning 3 nafari erkak, bir nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 59 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 22 yoshda.
Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytga qadar 2 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 6 nafarga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 168 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
13:36 / 03.05.2025