Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish boshlanadi
Kelayotgan haftadan Britaniyada koronavirusdan vaksina klinik sinovlardan o‘tkazilmaganiga qaramay ishlab chiqarila boshlanadi.
Bu haqda 18 aprelda Oksforddagi Jyenner instituti direktori Adrian Xill ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, sentyabrgacha ChAdOx1 nCoV-19 deb nomlangan ushbu vaksinadan 1 mln dona ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Parallel ravishda uning sinovlari olib boriladi, deb xabar berdi Sky News telekanali.
Xillning aytishicha, vaksina samarali bo‘lishi ehtimoli 80 foizni tashkil qiladi.
Ushbu vosita shimpanzening zararsiz virusi negizida kornavirus genomi qo‘shilgan holda ishlab chiqilgan.
Olimning ta'kidlashicha, bunday texnologiya avval boshqa kasalliklarga qarshi kurashda samarali ekanini tasdiqlagan.
JSST ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda dunyoda koronavirusga qarshi umumiy hisobda 70 ta vaksina ustida ishlab olib borilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bunday vaksinalar barcha sinovlar hisobga olinganda, 1-1,5 yil ichida ishlab chiqarila boshlanishi mumkin.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi
16:00 / 04.02.2025