Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ayrim hududlarga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi
Mirzo Ulug‘bek tumani Tohir Malik va Tinchlik ko‘chasidan o‘tgan yer osti gaz quvurlarini ta'mirlash ishlari olib boriladi
Joriy yilning 21 aprel kuni soat 11:00 dan 18:00 ga qadar Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Tohir Malik va Tinchlik ko‘chasidan o‘tgan yer osti gaz quvurlarini ta'mirlash ishlari olib boriladi.
Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan ayrim iste'molchilar tarmoqdan vaqtincha uziladi.
Aholi iste'molchilar:
Qorasuv bo‘yi ko‘chasi;
Gyote ko‘chasi;
Qorasuv mavzesi;
Ulgurji iste'molchilar:
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Akademiya binosi;
“Nobel farm” sanoat korxonasi;
Toshkent viloyati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi;
Qorasuv-4 dahasidagi “Muruvvat uyi”;
2-Issiqlik markazi;
Qorasuv-6 dahasidagi non zavodi;
Qorasuv-6 dahasidagi barcha kichik korxonalar.
Shuningdek, 2-Issiqlik markaziga gaz yetkazib berilishi vaqtincha to‘xtashi munosabati bilan ushbu hudud aholisiga issiqlik energiyasi ta'minotida ham uzilish kuzatiladi.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
08:55 / 12.05.2025
Toshkentda ko‘p qavatli turar joy qurish uchun berilgan xulosa sudda bekor qilindi
13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi
13:48 / 06.05.2025