JSST koronavirusning kelib chiqish manbasi bo‘yicha xulosasini ma'lum qildi
2008 yilda tibbiyot sohasida Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan fransuz shifokori Lyuk Montane koronavirusning yangi turi Xitoyning Uhan shahridagi laboratoriyada ishlab chiqarilgan degan fikrni aytgandi.
Dunyo bo‘yicha 2,4 milliondan ortiq kishiga yuqqan SARS-CoV-2 koronavirusining kelib chiqishi hayvonga borib taqaladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari ana shunday xulosaga keldi, deb xabar berdi Reuters.
«Mavjud barcha ma'lumotlar virus hayvondan kelib chiqqanini va sun'iy ravishda yaratilmaganini tasdiqlamoqda», — dedi JSST spikeri Fadela Chaib.
Uning aytishicha, infeksiya qanday qilib turlar o‘rtasidagi to‘siqdan o‘tgani va odamlarga yuqqani hozircha noma'lum.
17 aprel kuni AQSh razvedkasi infeksiya Xitoyning Uhan shahridagi laboratoriyada yaratilgani to‘g‘risidagi taxminni tekshirayotgani xabar qilingandi.
Koronavirus yuqtirgan ilk inson Uhandagi virusologiya instituti laboratoriyasida ishlagani haqida Fox News xabar bergandi. Britaniyaning Daily Mail nashri ham ana shu taxminni ilgari surdi.
Shuningdek, 2008 yilda tibbiyot sohasida Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan fransuz shifokori Lyuk Montane ham koronavirusning yangi turi Xitoyning Uhan shahridagi laboratoriyada ishlab chiqarilgan degan fikrni aytdi.
Shu bilan birga, Avstraliya hukumati Uhanda koronavirus paydo bo‘lishi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishga chaqirdi.
Xitoy koronavirus laboratoriyada yaratilgani to‘g‘risidagi barcha mish-mishlarni rad etdi.
Mavzuga oid
19:15 / 15.11.2024
JSST: 2018 yildan beri dunyoda tibbiyot muassasalariga 7,4 mingdan ortiq hujum uyushtirildi
18:19 / 13.11.2024
JSST maktab o‘quvchilariga yuklama ortib borayotganidan xavotirda
18:52 / 08.11.2024
Har yili dunyoda 1 milliarddan ortiq bola zo‘ravonlikka duchor bo‘lmoqda - JSST
17:48 / 01.11.2024