Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madridda barcha bayramlar noyabrgacha bekor qilindi
Epidemiya boshlanganidan buyon mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 213 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 22 mingdan ortiq kishi vafot etgan. Eng og‘ir vaziyat Madridda – bu yerda kasallanganlar soni 60 mingdan ortiq, 7,7 ming kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Madrid meriyasi noyabrgacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan barcha bayramlarni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Bu haqda shahar vitse-meri Begonya Vilyasis ma'lum qildi. Tejalgan pullar – 4,1 million yevro ijtimoiy yordam uchun sarflanadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, og‘ir epidemiologik vaziyat sababli shu qarorga kelingan.
Ispaniya hozirda koronavirus qurbonlari bo‘yicha dunyoda uchinchi (AQSh va Italiyadan keyin) va kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda (AQShdan keyin) turibdi. Epidemiya boshlanganidan buyon mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 213 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 22 mingdan ortiq kishi vafot etgan. Eng og‘ir vaziyat Madridda – bu yerda kasallanganlar soni 60 mingdan ortiq, 7,7 ming kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
13:42 / 02.05.2025
"Toshkent-Madrid" yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlari yo‘lga qo‘yildi
14:00 / 21.10.2024