Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in sodir bo‘ldi
Hodisa natijasida jabrlanganlar yo‘q
Joriy yilning 22 aprel kuni soat 16:20da Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga Namangan shahar, A.Temur ko‘chasidagi 5-sonli ko‘p qavatli uyning tom qismi yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
FVV xabariga ko‘ra, yong‘in o‘chirish texnikalari bir necha daqiqada voqea joyiga yetib borib, tezkorlik bilan 65 kv. metr maydondagi yong‘inni bartaraf etishdi. Yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan 200 kv. metr maydon saqlab qolindi.

Yong‘in kelib chiqishining taxminiy sababi ko‘p qavatli uyning tom qismidagi elektr simlarining qisqa tutashuvi deb ko‘rilmoqda. Hodisa natijasida jabrlanganlar yo‘q.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
20:09 / 25.05.2025