Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorning 44,5 mln so‘mi undirib berildi
Buvayda tumanidagi xususiy tadbirkor M.Yuldashev 2019 yilda tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan kim oshdi savdosiga qo‘yilgan ko‘chmas mulklardan birini sotib olmoqchi bo‘ldi, biroq ko‘chmas mulk boshqa bir tadbirkorga nasib etdi.
Qizig‘i shuki, tadbirkor M.Yuldashev ko‘chmas mulk auksionida ishtirok etish uchun Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi hisob raqamiga 44 mln. 500 ming so‘m badal puli to‘lagan, auksionda g‘olib bo‘la olmagach badal pulini qaytarish berishlarini so‘rab bir necha marotaba murojaat qiladi.
Biroq, boshqarma mansabdor shaxslari, ha deganda pulni qaytarishni istamagach, sudga murojaat qilishiga to‘g‘ri kelgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudi ishni ko‘rib chiqishni uzoq cho‘zib o‘tirmasdan 15.01.2020 yilda tadbirkor M.Yuldashev foydasiga hal qiluv qarorini chiqarib bergan.
Doimgidek, ishga nuqta qo‘yish Majburiy ijro byurosi davlat ijrochilari zimmasiga tushdi.
Majburiy ijro byurosining Farg‘ona shahar bo‘limi davlat ijrochisi qonunda belgilangan tartibda Farg‘ona G‘aznachilik boshqarmasi orqali Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasidan 16.04.2020 yilda 44 mln. 500 ming so‘m pul mablag‘larini to‘liq undirib, tadbirkorning bankdagi hisob raqamiga o‘tkazib berdi.
Mavzuga oid
18:24 / 18.04.2025
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar yanada qo‘llab-quvvatlanadi
17:02 / 02.04.2025
Yetakchi tadbirkorlar aholi tomorqasiga sifatli urug‘ va ko‘chat yetkazib beradi
16:13 / 14.03.2025
Tadbirkorlarga elektr va gaz uchun to‘lovlarni onlayn to‘lashga ruxsat berildi
18:36 / 11.12.2024