Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Yevropadagi karantin choralarini tanqid qildi
Aleksandr Lukashenko avvalroq koronavirusni «yengil gripp» deb atagan va aholini xavotirlanmaslikka chaqirgandi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko G‘arbiy Yevropaning koronavirusga qarshi kurashdagi tajribasini tanqid ostiga oldi. Lukashenkoning chiqishini STV telekanali o‘zining YouTube-kanaliga joyladi.
Lukashenkoning fikricha, karantin immunitetni susaytiradi va ruhiy sog‘lomlikni zaiflashtiradi, buning natijasida odam koronavirusga oson chalinuvchan bo‘lib qoladi.
«Ikkinchi to‘lqin yuz berganidan zaiflashgan, xonadonlaridan ko‘chaga chiqqan odamlar virus yuqtiradi. Virus esa qurbonlarini kutmoqda», — dedi u.
U immuniteti susaygan odamlar karantindan keyin yana virusga chalinadigan bo‘lsa cheklov choralaridan ne naf, deya savol berdi.
Lukashenko avvalroq koronavirusni «yengil gripp» deb atagan va aholini xavotirlanmaslikka chaqirgandi.
Ayni vaqtda Belarusda epidemiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazilmoqda, biroq hukumat karantin joriy qilinmagan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
20:28 / 07.05.2025
Lukashenko 8 ming mahkumga amnistiya qo‘llash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
22:19 / 25.04.2025