Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 1800dan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 26 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.
"2020 yil 24 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1804 nafarni tashkil qilmoqda", deyiladi vazirlik xabarida.
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Toshkentda tasdiqlangandi. O‘tgan vaqt davomida kasallik respublikaning butun hududiga tarqaldi.
So‘nggi kunlarda kasallikdan sog‘ayganlar soni yangi zararlanish holatlaridan osha boshladi.
21 aprel kuni 51, 22 aprel kuni 38, 23 aprelda 42, bugun esa 46 nafar kishida kasallik aniqlangan.
Bu kunlarda mos ravishda 96, 93, 111 va 60 nafardan bemorlar tuzaldi.
Virus tarqalishni boshlagandan buyon jami 621 kishi sog‘aydi, 8 kishi vafot etdi.

Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021