Fan-texnika | 21:16 / 25.04.2020
16632
1 daqiqa o‘qiladi

iPhone 12 narxi arzon bo‘lishi taxmin qilinmoqda

Tahlilchi Li Chung Xun koronavirus pandemiyasi sababli 2020 yilda 160 million donaga yaqin iPhone sotilishini taxmin qilmoqda, bu 2019 yildagiga nisbatan 40 million donaga kam.

Foto: Getty Images

UBI Research tahlilchisi Li Chung Xun yangi iPhone narxi necha pul bo‘lishi haqida o‘z taxminini aytdi.

Li Chung Xunning fikricha, ekrani 5,4 dyuymli iPhone 12 narxi 700-750 dollar atrofida bo‘ladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu narx Apple kompaniyasiga ko‘proq qurilma sotish imkonini beradi. Tahlilchi koronavirus pandemiyasi sababli 2020 yilda 160 million donaga yaqin iPhone sotilishini taxmin qilmoqda, bu 2019 yildagiga nisbatan 40 million donaga kam..

Tahlilchining aytishicha, 2020 yilda bozorda OLED ekranli smartfonlar xaridorgir bo‘ladi, bu esa Apple’ga qo‘l keladi. 

2019 yil oxirida insayder Min-Chi Ko Apple 2020 yilda beshta yangi smartfonni taqdim qilishini aytgandi. Ulardan biri — iPhone SE aprel o‘rtalarida chiqdi. Qolganlari esa 5,4 dyuymli iPhone 12, 6,1 dyuymli iPhone 12 Pro va iPhone 12 Pro Plus, 6,7 dyuymli iPhone 12 Pro Max bo‘ladi.

Mavzuga oid