Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiotada YTH natijasida piyoda vafot etdi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi va 117-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yil 17 aprel kuni soat 23:50larda, noma'lum haydovchi noma'lum avtomashinasida Toshkent viloyati Chinoz tumani hududidan Toshkent shahar tomon harakatlanib, Zangiota tumani Turkiston mahallasidan o‘tgan M-39 yo‘li 818-kilometri avtomobil qatnov qismida 33 yoshli fuqaro V.R.ni urib yuborib, hodisa joyidan yashiringan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda V.R. hodisa bo‘lgan joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan noma'lum shaxsga nisbatan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) va 117-moddasi 2-qismi (Xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi 26 yoshli A.Sh. o‘z boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Mavzuga oid
10:29 / 26.04.2025
Zangiotadagi gilam do‘konida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
14:14 / 22.02.2025
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona 1,6 mlrd so‘mlik zarar keltirdi
23:02 / 18.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Zangiotada ochilgan 40 mln dollarlik logistika markazini borib ko‘rdi
11:38 / 25.11.2024